Erdo‘g‘an Islom dini haqidagi fikri uchun Makronni keskin tanqid qildi

Olam

image
Makron o‘qituvchining o‘ldirilishida yana Islom dinini aybladi north_east

Makron o‘qituvchining o‘ldirilishida yana Islom dinini aybladi

Bugun, 24 oktyabr kuni Turkiya Preziyednti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ruhiy davolanishga muhtojligini aytdi. U shu tariqa Fransiya yetakchisining Islom dini haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

“Makron ismli odamning Islom va musulmonlar bilan qanday muammosi bor? O‘z mamlakatidagi boshqa dinga e’tiqod qiladigan millionlab aholiga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘lgan davlat rahbariga nima deyish mumkin? Makronning ruhiy xastaligini davolashi kerak. Berlindagi masjidda tintuv o‘tkazish islomofobiyaning ko‘rinishi. Islomga nisbatan bunday dushmanlarcha munosabat Turkiyaga ham dushmanlarcha munosabat ekanligini unutmasligimiz lozim”, degan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, “musulmonlarga nisbatan bunday huquqbuzarlik Yevropa fashizmining yangi bosqichga o‘tayotganidan darak beradi”.

Eslatib o‘tamiz, 2 oktyabr kuni Makron fransuz jamiyatini Islomga qarshi qat’iy kurashga chorlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

1450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing