Erdo‘g‘an Ilon Mask bilan turk sun’iy yo‘ldoshini Yer orbitasiga olib chiqishni muhokama qildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 16 dekabr kuni Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask bilan muzokara o‘tkazdi. 

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining kommunikatsiyalar boshqarmasi Turkiya rahbari va amerikalik tadbirkor o‘rtasidagi suhbat videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. 

Muloqotda elektr avtomobil transportini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot istiqbollari, uzoq muddatli investitsiyalar va hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashilgan. 

Эрдоган обсудил с Ilonом Maskом пути углубления сотрудничестva

Erdo‘g‘an davlat va xususiy tuzilmalarning Ilon Mask kompaniyasi bilan kosmik texnologiyalar va sun’iy yo‘ldosh aloqalari sohasidagi o‘zaro hamkorligi mavzusida fikr almashgan. 

Joriy yilning yanvar oyida uchirilgan TÜRKSAT 5-A sun’iy yo‘ldoshi ortidan SpaceX raketasi orqali Turk aloqa sun’iy yo‘ldoshi TÜRKSAT 5-B’ning Yer orbitasiga olib chiqilishi masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. 

Turkiya rahbari Turkiyaning Milliy kosmik dasturini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarga ham e’tibor qaratgan. 

Bundan tashqari, Turkiyaning TOGG elektromobili uchun litiy-ionli akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma qadamlar masalasi ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Ilon Mask

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing