Erdo‘g‘an G‘azoni tiklash uchun fond tuzishni taklif qildi

Olam

image

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) G‘azo sektorini tiklash uchun mablag‘ yig‘iladigan jamg‘arma yaratish tashabbusi bilan chiqishi kerak. Bu fikrni bugun, 11 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasining Ar-Riyodda ochilgan Yaqin Sharq va G‘azo sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari qo‘shma sammitida bildirdi.

“Bizning fikrimizcha, IHT doirasida G‘azoni qayta tiklash jamg‘armasi yaratilishi kerak”, degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek , Prezident uning mamlakati har qanday zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy axborot agentligi G‘azo hukumati Isroil mudofaa kuchlarining turarjoy hududlari va infratuzilma ob’ektlariga bergan zarbalari oqibatida yetkazilgan zararni taxminan 3 milliard dollarga baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida Yevropa Ittifoqi G‘azo sektori aholisi uchun insonparvarlik yordami uchun qo‘shimcha 25 million yevro ajratishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Saudiya Arabistoni Rajab Toyib Erdo'g'an G'azo Ar-Riyod Islom Hamkorlik Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing