Erdo‘g‘an g‘alla bitimini qayta tiklashga chaqirdi

Olam

image

Turkiya don kelishuvini davom ettirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Sochida rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, don kelishuviga muqobil takliflar oldingi shartnomadagi kabi “tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan barqaror, xavfsiz va doimiy model” keltirmagan. Shuningdek, Turkiya rahbari Anqara mintaqada mustahkam tinchlik, barqarorlik va farovonlikni o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga qaror qilganini ta’kidlagan. U Turkiya avvalgidek Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini tashkil etishga hissa qo‘shishga tayyor, deb ishontirgan.

Turkiya rahbarining aytishicha, Anqara BMT bilan birgalikda don kelishuvi bo‘yicha yangi takliflar paketini tayyorlagan. Erdo‘g‘an ushbu yangi jarayonda kerakli natijalarga erishish mumkinligiga umid qilmoqda.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an don bo‘yicha kelishuvni yangilash uchun Ukraina Rossiya bilan qo‘shma qadamlar nuqtai nazaridan yondashuvlarini yumshatishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, matbuot anjumanida Rossiya, Turkiya va Qatar Afrika davlatlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish niyatida ekani, bu mamlakatlarga don yuborishni rejalashtirayotgani aytilgan.

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Rossiya Prezidenti eng qashshoq mamlakatlarga 1 million tonna g‘alla jo‘natishni taklif qilgan. Erdo‘g‘an esa Turkiya bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini va bu boradagi majburiyatlarini bajarishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Sochi Putin Erdo'g'an don kelishuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing