Erdo‘g‘an Gaagada Tramp bilan yopiq uchrashuv o‘tkazdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 25 iyun kuni NATO sammitida ishtirok etayotgan Gaagada AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentlarning uchrashuvi Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va uning rafiqasi Gaagadagi NATO sammitida qatnashayotgan yetakchilar va ularning turmush o‘rtoqlari sharafiga berilgan kechki ovqatdan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar o‘rtasidagi muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tdi.

Uchrashuvda liderlar Turkiya va AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildi. Uchrashuvda Prezident Erdo‘g‘an, ikki davlatning turli sohalarda, ayniqsa energiya va sarmoya sohasida katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, mudofaa sanoati sohasida umumiy savdo hajmini 100 milliard dollarga yetkazish maqsadiga erishishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Turkiya davlat rahbari AQSH Prezidenti Trampning sa’y-harakatlari tufayli Isroil va Eron o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini olqishladi. Erdo‘g‘an uning doimiy bo‘lishini tilab, G‘azodagi insoniy fojiaga tezda barham berish va Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun yaqin muloqot muhimligini ta’kidlagan.

NATO bo‘yicha yetakchi ittifoqchilar sifatida ikki davlat rahbarlari Alyansning to‘xtatuvchi kuchini mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar muhimligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Donal'd Tramp Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing