Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiya rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashdi. NATOning taqdiri nima bo‘ladi?
Olam
−
28 iyun 2022
12318Bugun, 28 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida NATO sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo, Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi munosabati bilan Shvetsiya va Finlyandiyaning ittifoqqa a’zolik masalalari muhokama qilinadi. Ma’lumki, Turkiya ushbu ikki davlatning alyansga a’zo bo‘lishi qarshilik qilib kelmoqda.
Turkiyaning talabiga ko‘ra, Shvetsiya va Finlyandiya “Kurdiston ishchi partiyasi”, “Xalq mudofaasi otryadi” va FETOni terrorchilik tashkiloti deb tan olishi va ularni qo‘llab-quvvatlamasligiga oid asos taqdim etishi kerak.
NATOga a’zo boshqa davlatlarga qaraganda terrorizmdan ko‘proq zarar ko‘rgan Turkiya, ittifoqchilarining terrorga qarshi kurashdagi sezgirligini tushunishini kutmoqda. Bu haqda seshanba kuni Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahretin Altun ma’lum qildi.
"NATOdagi boshqalarga qaraganda terror hujumlari nishoniga aylangan davlat sifatida biz blok va ittifoqchilarimizdan terrorizmga qarshi kurashda kerakli sezgirlikni ko‘rsatishini kutamiz", deydi Erdo‘g‘anning Matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha mas’ul vakili Faxretdin Altun.
U Turkiya NATOga 70 yil avval a’zo bo‘lganini va “ittifoqdoshlarining kuchli qo‘llab-quvvatlashi bilan bu blokning ajralmas qismi ekanligini isbotlaganini” eslatdi. Shu munosabat bilan Erdo‘g‘an ma’muriyati vakili Turkiyaning NATOdagi ittifoqchilarini Anqara terrorchi deb hisoblaydigan tashkilotlarga qarshi jiddiy kurashishga chaqirdi.
Bugun, 28 iyun kuni Madridda NATOning uch kunlik sammiti boshlanadi, Ukrainadagi mojaro va Kiyevni qo‘llab-quvvatlash kun tartibining markazida. Unda NATOning yangi strategik konsepsiyasi qabul qilinadi. Shuningdek, Shvetsiya va Finlyandiyaning ittifoqqa qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqiladi.
LiveBarchasi