Erdo‘g‘an Dohada ash-Shara bilan uchrashdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 15 sentyabr kuni Qatar poytahti Dohada arab-islom sammiti doirasida Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashdi. Bu haqda yetakchilarning matbuot xizmatilari xabar berdi. 

Uchrashuv chog‘ida Turkiya Suriyada turli kuchlarni birlashtirish bo‘yicha qadamlar qo‘yayotganini, mamlakatning birligi va yaxlitligini saqlab qolish uchun SDS tomonidan 10 martdagi kelishuvga rioya etilishi muhimligini ta’kidladi.

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda Turkiya va Suriya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.

Prezident Erdo‘g‘an ash-Sharaning BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ishtirokini tarixiy ahamiyatga ega deb baholadi. U Turkiya Suriyani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish ustida ish olib borayotganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, kechagi sammit Qatar tashabbusi bilan, IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qilayotgan Turkiya qo‘llab-quvvatlashi bilan mamlakatlar rahbarlari darajasida o‘tkazildi. Bu 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab Isroilning G‘azoga o‘tkazgan hujumlari oqibatida Livan, Suriya, Yaman va Eronga ham tarqalgan hodisalardan keyin o‘tkazilgan uchinchi favqulodda qo‘shma sammit hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Ahmad ash-Shara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing