Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishida ayblangan generallarni afv etdi
Olam
−
19 may
8232Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 1997 yildagi muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishga aloqador 2018 yildan beri umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan yetti generalni afv etdi. Tegishli farmonlar Turkiya hukumatining “Resmi Gazete”sida chop etildi.
Qaror mahkumlarning yoshi va sog‘lig‘i bilan asoslandi.
Qayd etish joizki, mart oyi oxiridagi munitsipal saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi yillar davomida muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to‘ntarishi ishtirokchilarini ozod qilishga intilmoqda. Partiya raisi O‘zg‘ur O‘zel X’dagi sahifasida afv etish qarori "kech", lekin "adolatli" bo‘lganini yozdi.
Afv etilgan generallardan biri, to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rishda muhim rol o‘ynagan Chevik Birning sog‘lig‘i sababli allaqachon ozodlikda ekanligi ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, 1997 yil fevral oyida Turkiya Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Farovonlik partiyasi rahbari Nejmettin Erboqon boshchiligidagi o‘sha paytdagi Vazirlar Mahkamasi iste’fosini talab qilib, memorandum chiqargan. Qo‘zg‘olonni boshqargan generallar 2018 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Keyinchalik apellyatsiya sudi hukmni tasdiqladi. Asosiy ayblanuvchi sifatida ko‘rilgan Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining sobiq boshlig‘i Ismoil Hakki Karadayi 2020 yilda vafot etdi.
LiveBarchasi