Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishi qurbonlar muzeyi bilan tanishdi

Olam

Kecha, 4 aprel kuni Rajab Toyib Erdo‘g‘an 15 iyul qurbonlari xotirasi muzeyida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. 

2016 yilning 15 iyul sanasi Turkiya Respublikasida tarixida qonli sahifalar bilan muhrlangan edi. Shu kuni mamlakatda FETO terroristik guruhi rahbari Fathulloh Gulen tashabbusi bilan qurolli kuchlar, ichki ishlar, chegara va milliy xavfsizlik xizmatlarining bir guruh xodimlari tomonidan konstitutsion tizimga qarshi davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirildi.

Anqara va Istanbul shaharlari markazida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarini bostirish uchun odamlar maydonlarga chiqdi. Davlatni vatanfurushlardan himoya qilish maqsadida tanklar ostiga o‘zini otdi. O‘sha tunda 250 nafar begunoh kishi qurbon bo‘ldi. Konstitutsion tizim saqlab qolindi. 

Bu yil ushbu voqealarga uch yil to‘ladi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qarori bilan 15 iyul sanasi mamlakatda Milliy irodaning zafari kuni deb nomlanib, xotira marosimlari o‘tkazib kelinmoqda. 

2017 yil Anqara shahrida joylashgan Turkiya Respublikasi Prezidenti qarorgohi qarshisida 15 iyul voqealari qurbonlari xotirasiga monument o‘rnatilgan edi. Unda qurbon bo‘lganlarning ismlari qayd etilgan. 

2018 yilning avgust oyida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an  15 iyul voqealar qurbonlari xotirasi muzeyini tashkil etish yuzasidan topshiriq bergan edi. Mazkur muzey Istanbul shahrida Shahidlar ko‘prigi yaqinida barpo etildi.  

Muzeyga 15 iyul voqealari halok bo‘lgan fuqarolarga oid ma’lumotlar, ularning suratlari, kiyim-kechaklari, avtomobillari joylashtirilgan. Muzeyning yana bir burchagiga ularning poyabzallari to‘plangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Rajayu Toyib Erdo'g'an 15 iyul'

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing