Erdo‘g‘an bugun Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 29 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qiladi. Ikki davlat rahbarlari Ukraina inqirozini hal qilish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 28 sentyabr kuni Prezident Erdo‘g‘an Turkiya telekanallariga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Turkiya rahbari Ukrainada yadro qurolidan foydalanish ehtimolini “falokat” deb atadi.  "

“Mojaroda yadro qurolidan foydalanishning badali halokatli bo‘ladi. Bu haqda nafaqat gapirish, balki o‘ylash ham kerak emas. Mojaroning bunday rivojiga olib kelmaslik uchun diplomatik vositalardan maksimal darajada foydalanish kerak”, degan Turkiya rahbari.

Shuningdek, Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasida rejalashtirilayotgan telefon muloqotini Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqlagan. 

“Telefon suhbatiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, u o‘tgach, xabar beramiz”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etib, N-Yorkdan qaytayotganda jurnalistlarga Anqaraga qayttgach, Prezidentlar Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilmoqchiligini aytgan edi. 

U 28 sentyabr kuni ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi va u Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofida qurolsizlantirilgan hudud yaratish uchun vositachilik qilishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Rajab Toyib Erbdo'g'an

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing