Erdo‘g‘an bugun Germaniya Prezidenti bilan uchrashadi
Olam
−
24 aprel 2024
2330Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 24 aprel kuni Anqarada Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashadi. Bu haqda Turkiya Prezidentining aloqa idorasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, davlat rahbarlari Prezidentlik majmuasida uchrashadi. Rasmiy uchrashuvda Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning barcha jihatlari va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qadamlar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, Erdo‘g‘an va Shtaynmayer Isroilning Falastin yerlariga hujumlari va mintaqadagi mavjud vaziyat, shuningdek, Ukraina va Rossiya o‘rtasida davom etayotgan mojaro, Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rib chiqadi.
Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar ham kun tartibida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an va Shtaynmayer o‘tgan yilning 17 noyabr kuni Berlinda uchrashgandi. O‘shanda Erdo‘g‘an Shtaynmayerga Isroil falastinliklarning o‘limi uchun badal to‘lashini aytgandi.
LiveBarchasi