Erdo‘g‘an Bashar Asad kimning sharofati bilan iqtidorda qolayotganini aytdi
Olam
−
19 yanvar 2022
10926Agar Rossiya Suriyani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortsa, Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘z mamlakatida hokimiyatda qola olmaydi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an shunday fikr bildirdi.
“Suriyaning katta hududida Amerikaning harbiy bazalari bor, Rossiyaning ham bazalari bor. Boshqa tomondan, terrorchilik tashkilotlari Qo‘shma Shtatlardan sezilarli yordam olgan va olishda davom etmoqda. Biz bu yordam boshqa berilmaydi, deya olamizmi? Yo‘q, biz Bayden (AQSH Prezidenti Jo Bayden) bilan uchrashuvlarimizda hamisha bu haqda gaplashganmiz. AQSH “Biz ketyapmiz, ketyapmiz, bu yerda terror tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlamaymiz”, dedi. Albatta, ular haqiqatni gapirmayapti”, degan Erdo‘g‘an Albaniyadan qaytayotgan samolyot bortida turk jurnalistlariga.
Erdo‘g‘anga ko‘ra, xuddi shu tarzda Rossiya ham u yerdan ketayotgani yo‘q.
“Agar Rossiya Suriyani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortsa, Asad hokimiyatda qola olmasdi”, degan Erdo‘g‘an.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil noyabr holatiga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Suriya davlat va xususiy sektor sanoatiga yetkazilgan zarar 23,5 milliard dollardan oshgan. Suriyada qurolli mojaro 2011 yildan beri davom etmoqda.
LiveBarchasi