Erdo‘g‘an BAAdan 50,7 milliard dollar undirib qaytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kecha, 19 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Abu-Dabi va Anqara o‘rtasida 50,7 milliard dollarlik bir qator hamkorlik bitimlari imzolandi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar berdi. 

Imzolash marosimi Erdo‘g‘anning BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan va unda tomonlar yuqori darajadagi strategik kengash tuzishga kelishib olgan. 

Imzolangan hujjatlar orasida agentlik tomonidan energetika va tabiiy resurslar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim, qo‘shma savdo-iqtisodiy komissiya tuzish to‘g‘risidagi deklaratsiya, tijorat tashuvchi raketalaridan foydalanish imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi, mudofaa sanoati sohasida strategik hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi, shuningdek, eksport kreditini moliyalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi bor.  

Tomonlar jami 15 ta kelishuv va anglashuv memorandumlarini imzolagan. Ularning aksariyati ikki mamlakat hukumatlari, tegishli idoralari, shuningdek, yirik davlat kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan. Shunday qilib, Birlashgan Arab Amirliklari Investitsiyalar vazirligi va Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi o‘rtasida qo‘shma energetika loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv, Tawazun Amirlik investitsiya xoldingi va Turkiya hukumati o‘rtasida mudofaa sohasida anglashuv memorandumi, Mudofaa sanoati boshqarmasi, BAA Koinot agentligi va Turkiya Sanoat va texnologiya vazirligi tomonidan Raketa-tashuvchilardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan. 

17 iyul kuni Erdo‘g‘an Fors ko‘rfazi mamlakatlariga uch kunlik safarga chiqdi, bu safar neft qazib oluvchi Arab monarxiyalaridan Turkiya iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishga qaratilgan. O‘tgan ikki kun ichida Prezident Jidda va Doha shaharlarida bo‘lib, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Erdo‘g‘anning Saudiya Arabistoniga tashrifi natijasida tomonlar energiya, sarmoya va mudofaa sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan bir qancha kelishuv va memorandumlarni ham imzoladi. Xususan, qirollik Turkiyaning “Bayraktar” uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaruvchi “Baykar” kompaniyasi bilan ikkita shartnoma imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Birlashgan Arab Amirliklari Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing