Erdo‘g‘an asosiy dushmanini sudga berdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an asosiy muxolif Respublika Xalq partiyasi (RXP) yetakchisi Kamol Qilichdorog‘lu ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni NTV telekanali xabar berdi.

Prezident suddan Qilichdarog‘ludan ma’naviy zarar uchun tovon sifatida bir million lira (taxminan 68 ming dollar) undirilishini talab qilgan. Da’vo arizasiga RXP rahbarining partiyaning parlamentdagi fraksiyasi oldida Erdo‘g‘anni tanqid qilgan nutqi va 31 mart kuni Twitter’dagi tviti sabab bo‘lgan. Unda muxolifatchi Prezidentni ochko‘zlikda ayblagan.

Erdo‘g‘anning advokati Husayn Aydin yozma bayonotida Qilichdarog‘lu joriy yilning 22 martida Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi fraksiyasi yig‘ilishida va ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida Prezidentning shaxsiy huquqlarini buzganini aytgan.

Aydin shuningdek, Qilichdarog‘luga nisbatan “ehtiyot chorasi” tanlash, ayblanuvchining Erdo‘g‘an shaxsini himoya qilish uchun unga qaratilgan bayonotlaridan foydalanishni cheklash talab etilganini bildirgan.

Bu Erdo‘g‘anning Qilichdarog‘luga qarshi birinchi da’vosi emas va turk siyosatchilari uchun juda oddiy amaliyotga aylangan. O‘tgan yillarda amaldagi Prezidentning advokatlari vaqti-vaqti bilan muxolifatga qarshi Erdo‘g‘anga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashni talab qilib sudga shikoyat qilgan, shuningdek qarshi da’volar ham bo‘lgan. Da’volarning aksariyati sud tomonidan Erdo‘g‘an foydasiga qanoatlantirilgan, ammo uning talablarini qondirishdan bosh tortgan yoki muxolifat foydasiga qaror qabul qilgan holatlar ham yo‘q emas.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing