Erdo‘g‘an Amerikada so‘zga chiqishidan oldin Zelenskiyga sim qoqdi
Olam
−
20 Sentabr 2022 12841 1 daqiqa
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi oldidan ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Suhbat Prezident Erdo‘g‘anning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi oldidan bo‘lib o‘tdi”, deydi Turkiya Prezidentining idorasi jurnalistlarga.
Erdo‘g‘an Turkiya Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun diplomatiya muhimligini ta’kidlagan.
Respublika Prezidenti qo‘shimcha qilganidek, Turkiya Ukrainadagi mojaroni diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun barcha mamlakatlarni tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.
Ma’lumot uchun, bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi ochildi. Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi prezidenti Chaba Kyoryoshining nutqi bilan boshlanadi. Shundan so‘ng vazirlar va delegatsiyalar rahbarlari so‘zga chiqadigan umumiy siyosiy bahslar bo‘lib o‘tadi.
Seshanba kuni, xususan, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Sholsning chiqishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025