Erdo‘g‘an Aliyevga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Armaniston bilan chegaradagi provokatsiyaning oldini olish uchun 50 nafar Ozarbayjon harbiysi halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Ilhom Aliyevga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbarlarining kecha, 13 sentyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti bilan telefon muloqoti chog‘ida ozar-arman chegarasidagi vaziyatga bag‘ishlandi.

Prezident Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot chog‘ida Armaniston qurolli kuchlari tomonidan davlat chegarasida sodir etilgan keng ko‘lamli provokatsiyalarning oldini olish chog‘ida Ozarbayjon harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Ilhom Aliyev, qurbonlarning oila a’zolari va butun Ozarbayjon xalqiga chuqur hamdardlik bildirgan.

Erdo‘g‘an Turkiya doim qardosh Ozarbayjon bilan birga ekanini ta’kidlagan.

Prezident Ilhom Aliyev, qardosh Turkiya har doimgidek Ozarbayjon tarafida, Ozarbayjon esa barcha masalalarda hamisha qardosh Turkiya tomonida ekanini qayd etdi.

Aliyev, Ozarbayjon Qurolli Kuchlari mardlik va yuqori professionallik bilan Armanistonning keng ko‘lamli harbiy provokatsiyalarini oldini olganligini ma’lum qildi va bu keng ko‘lamli harbiy fitna uchun Armanistonning bevosita mas’ul ekanini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida Ozarbayjon bilan Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik va strategik ittifoqchilik munosabatlari barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani yana bir bor qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing