Erdo‘g‘an 20 ta davlat rahbari bilan Rossiya-Ukraina urushini muhokama qildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 20 dan ortiq davlat rahbarlari bilan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush mavzusini muhokama qilgan. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.  

Mahalliy ma’muriyat rahbarlari guruhi ayollari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkiya rahbari Ukrainadagi vaziyat uning muloqotlari kun tartibida qolayotganini va bu boradagi muhokamalar davom etishini aytgan. 

“Ukraina bo‘yicha munozaralar davom etmoqda”, dedi Erdo‘g‘an. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda Turkiyaning mintaqadagi pozitsiyasini belgilab olish juda muhim.

“Bunday davrlarda hokimiyat va xalqning birdamligi ham muhim”, dedi Turkiya rahbari. 

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, ertaga, 9 mart kuni Isroil Prezidenti Isxak Gersog Turkiyaga tashrif buyuradi. 10 mart kuni esa Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Turkiyaga tashrifi kutilmoqda. Mazkur uchrashuvlardagi asosiy mavzu ham aynan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lishi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Prezidentning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an butun dunyoga murojaat qilib, Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatishga, bolalar o‘limining oldini olishga va yangi qochoqlar lagerlari tashkil etilishiga chek qo‘yishga chaqirdi


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

511

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing