Erdo‘g‘an Hukumati ham suriyalik qochqinlarni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li mamlakatdagi suriyalik qochqinlar reja bo‘yicha vataniga qaytarilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, muhojirlarning 553 mingdan ortig‘i Suriyadagi terrorchilardan ozod qilingan hududlarga joylashitirilgan. Qochqinlarning qolgan qismi uchun esa zaruriy infratuzilma tayyorlanmoqda. 

"Bu masala saylovdan oldin bizning kun tartibimizda bor edi. U hozir ham mavjud. Muhojirlarning bir qismi terrorchilardan ozod qilingan hududlarga yuborilgan, boshqalarning vataniga qaytishi uchun infratuzilma tayyorlanmoqda. 240 ming uy qurilishi tugagandan so‘ng 1 millionga yaqin suriyalik qochqin u yerga (Suriya shimoliga) qaytib borishi mumkin. Fors ko‘rfazi davlatlari bu jarayonni qo‘llab-quvvatlamoqda", degan Chavusho‘g‘li. 

Uning aytishicha, 10 may kuni Rossiya, Eron va Suriya Tashqi ishlar vazirlari bilan Moskvada uchrashib, Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish, terrorizmga qarshi kurash va gumanitar masalalarni muhokama qilgan. 

"Boshqacha qilib aytganda, biz suriyaliklarni qaytarib yuborishga allaqachon qaror qilganmiz. Ikkinchidan, biz buni irqchilik jihatidan qilmaymiz, ular ham inson ekanligini unutmaymiz", deya qo‘shimcha qilgan u. 

Ma’lumot uchun, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Turkiyada 3,7 milliondan ortiq suriyalik qochqin bor. Mamlakat qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidentligiga yagona muxolif nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li agar saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatdan barcha qochqinlarni chiqarib yuborishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qochqinlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing