Erdo‘g‘an haqorat va tuhmat uchun sudga berildi
Olam
−
24 may 2023
21065Turkiyaning muxolifatdan prezidentlikka yagona nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li bugun, 24 may kuni amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anni saylovoldi chiqishlaridagi video uchun sudga berdi. Qilichdoro‘g‘lining ma’naviy zarari 1 million turk lirasi (50,2 ming dollar)ga baholandi, deydi uning advokati Jalol Chelik jurnalistlarga.
Gap shundaki, Erdo‘g‘anning saylovoldi targ‘ibot mitinglarida katta monitorlarda uning roligi namoyish etilgan. Ushbu videolavhada muxolifatchi nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li mamlakatda taqiqlangan PKK (Kurdiston ishchi partiyasi) terrorchilik tashkiloti bilan aloqador shaxs sifatida ko‘rsatilgan. 22 may kuni Rajab Toyib Erdo‘g‘an TRT telekanali efirida ushbu video montaj mahsuli ekani, bu unda Qilichdoro‘g‘li va terrorchi tashkilot o‘rtasidagi aloqadorlik montaj orqali ko‘rsatib berilganini tan olgan.
“Turkiya prezidentligiga nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘lining ko‘rsatmasi bilan Erdo‘g‘anning saylovoldi tashviqotida o‘rnatilgan va soxta videorolikdan foydalangani uchun 1 million turk lirasi miqdorida ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida sudga da’vo qo‘zg‘atildi. Pullar terrorizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan fuqarolarimizning farzandlarini o‘qitishga sarflanadi”, deydi advokat.
Erdo‘g‘an va Qilichdoro‘g‘li 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida prezidentlik uchun kurashadi. 14 may kuni bo‘lib o‘tgan birinchi turda ularning hech biri g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmadi.
Aksariyat tahlilchilar Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonish imkoniyatini yuqori deb baholamoqda. Shu tariqa, “Optimar” jamoatchilik fikrini o‘rganish kompaniyasi rahbari Hilmi Dashdemir Turkiyaning amaldagi prezidenti 28 may kuni kamida 53-54 foiz ovoz olishi mumkinligini ta’kidladi. Boshqa kompaniyalarning prognozlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an 52-55% ovoz olgan. Muxolifat, 14 may kuni ovoz bermagan saylovchilarni (bu taxminan 8 million kishi) saylov uchastkalariga kelishga chaqirib, yuqori faollik Qilichdoro‘g‘lining g‘alabasiga hissa qo‘shishiga umid qilmoqda.
LiveBarchasi