Bosh prokuratura saylovga oid ikki murojaatni tekshirdi. Qonun buzilishi aniqlandimi?
Jamiyat
−
24 dekabr 2019
566422 dekabr kuni o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilia palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari a’zolari saylovlarida ayrim okrug va uchastkalarida ovoz berish jarayonlariga noqonuniy aralashuv va natijalarni soxtalashtirishga urinishlar bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi va Bosh prokuratura bular bo‘yicha tekshiruvlar boshlaginini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 10, 23 va 142-sonli saylov uchastkalari ishiga noqonuniy aralashish, jumladan, hokimlik mutasaddilari mahalla raislariga muayyan nomzodlarni qo‘llab-quvatlash haqida topshiriq berganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni tekshirib, ularni rad etdi.
“Ushbu holat bo‘yicha tekshirish o‘tkazilib, biron bir shaxs tomonidan yuqoridagi saylov uchastkalari ishiga noqonuniy aralashganlik holatlari tasdiqlanmadi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Shuningdek, “Ayronchi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, “Etak” 15-saylov okrugidan tuman xalq deputatlari kengashiga o‘z nomzodini qo‘ygan G‘.Boymirzayevdan majburiy ravishda o‘z nomzodini qaytarib olish haqida ariza yozdirib olishayotganligi to‘g‘risida tarqalgan xabar tekshirilgan.
Tekshirishda, G‘.Boymirzayev Xalq deputatlari Koson tumani kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, uning nomzodi saylov byulletenidan olib tashlanmagani va qonuniy ravishda saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etganligi aniqlangan.
LiveBarchasi