Prezident Administratsiyasida OAV bilan ishlash sektoriga yangi mudir tayinlandi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
5451O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basiga mudir tayinlandi. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu lavozimni G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotning bosh muharriri lavozimida ishlab kelayotgan Nosir Jo‘rayev egallagan.
Sho‘’ba mudirligi lavozimida Salim Ashurov 2018 yilning oktyabrdan shu kunga qadar faoliyat yuritdi. So‘ng “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”ga bosh muharrir etib tayinlandi.
Prezident Administratsiyasidagi ushbu tayinlov bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.
LiveBarchasi