Tibbiyot akademiyasiga kiritish uchun 25 000 dollar olgan firibgar ushlandi
Jamiyat
−
29 iyul 2019
4287Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari boshlanishi bilan olg‘irlar otni qamchilab qolishga urinadi. Shunday “uddaburon”lardan biri Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Nov qishloq vrachlik punkti shifokori A.Q. fuqaro I.A.ni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko‘chasida firibgarlik yo‘li bilan 25 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi