Erdo‘g‘an Istanbul fojiasi qurbonlari janozasida qatnashdi

Olam

image

Xabaringiz bor, kuni kecha Turkiyaning Istanbul shahri O‘rxantepa mahallasida joylashgan 8 qavatlik bino to‘satdan quladi. Mazkur fojia oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi. Ayni damda 14 nafar jarohatlanganlar shifoxonalarda davolanmoqda.

Turkiya Prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Istanbulga kelib, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirdi va halokat haqida munosabat bildirdi:

"Shifoxonalardagi jarohatlanganlarni ziyorat qilib, keyin janozalarda qatnashamiz. Bo‘lib o‘tgan voqealardan dars olishimiz kerak. Ayni halokat yuzasidan ish olib boryapmiz. Natijalarga ko‘ra, kerakli qarorlarni qabul qilamiz".

Rajab Toyib Erdo‘g‘an shifoxonaga borib, og‘ir ahvolda yotgan va uzoq vaqt davomida qulagan bino vayronalari ostida qolganlarni ziyorat qildi. Ularning bir necha nafari voyaga yetmagan bolalar.

"Nafaqat qulagan binoning yonidagi inshootlar, balki mazkur hududda joylashgan boshqa imoratlar ham birma bir tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ochiq va aniq aytamanki bu yerlarda yashash maqbul emas. Bundan keyin na biz yig‘laylik va na boshqalar", deydi Prezident.

Turkiya rahbari jarohatlanganlarni ziyorat etib bo‘lgach, fojia qurbonlarining janoza marosimida ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uyning qulashiga 8 qavatlik binoning yuqoridagi 3 qavati noqonuniy qurilgani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Istanbul Rajab-Toyib-Erdo'g'an

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing