Er-xotin birga ichishdi, so‘ng er xotinini pichoqladi

Olam

image

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida erkak o‘z xotinini o‘ldirdi va 12,5 yilga qamaldi. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda. 

Tergovchilar Ilya (ismi shariflar o‘zgartirilgan)ni mast holda rafiqasi Innani pichoqlab o‘ldirganlikda aybladi. Ayol voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, Ilyaning uyini tintuv qilish paytida o‘qotar qurollar va giyohvand moddalar topilgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi ayblovni qisman tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni u uyning hovlisidagi hammom ostidagi poydevorni to‘ldirishni boshlagan, unga akasining o‘g‘li yordam bergan. Shunday qilib ular soat 16:00 gacha ishladi. Kechqurun Inna bilan birgalikda aroq ichishga qaror qilishdi.

Ilyaning so‘zlariga ko‘ra, ichkilikdan so‘ng, ayol erini aldayotgani haqida gapira boshladi va tajovuzkorona munosabatda bo‘lib, unga musht tushirdi, yuzini tirnaydi.

Shunda Ilya oshxona pichog‘ini olib, xotinining qorin bo‘shlig‘iga zarba beradi. Xotini yiqiladi. Ilya unga yordam bermoqchi bo‘lganini da’vo qilmoqda, ammo 10 daqiqadan so‘ng ayol hayotdan ko‘z yumadi. Keyin uning yoniga o‘tirdi va yig‘lay boshlaydi. U jiyanining yoniga borib, Innani o‘ldirganini aytadi.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, Ilyani birga ichishga marhumaning o‘zi undagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Il'ya Innani o'ldirdi

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing