Epshteyn ishi: fayllardan qozog‘istonlik mulozimlarning ismi chiqdi (video)
Olam
−
27 fevral 7384 2 daqiqa
AQSH Adliya vazirligi moliyachi va juda yirik jinsiy jinoyatlar ishi markazidagi shaxs Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha navbatdagi hujjatlarni e’lon qildi. Unda Qozog‘istonning Davlat xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Karim Masimov hamda Milliy bank sobiq rahbari Qayrat Kelimbetovning ismlari ham bor. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Gap shundaki, hujjatlarda Qozog‘iston 400 martadan ko‘proq tilga olingan. Xususan, Ostana taxminan 200 marta, Olmaota esa 70 martadan ko‘proq uchraydi.
Qozog‘iston bilan bog‘liq bir nechta muhim jihatlar bor. Misol uchun, bir amerikalik mulozim muntazam ravishda Epshteynga Qozog‘iston mavzusida xatlar yuborgan. Yuborilgan xatlarning birida esa 2015 yilda mamlakatning iqtisodiy va geosiyosiy xavf-xatarlar bayon qilingan.
Qolaversa, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Karim Masimovning familiyasi ham bir necha marta uchraydi. 2011 yilda kimligi ochiqlanmagan bir shaxs tomonidan “Epshteyn Masimovni biladimi?”, deb so‘ragan. Boshqa xatlarda esa Masimovga salomlar yetkazilgan.
Shuningdek, 2019 yilda Epshteynning ismi noma’lum bir maktubdoshi Qozog‘istonga qilgan safaridan so‘ng xat yozgan yozgan.
“Ha, rahmat, davlat xavfsizligi uchun javobgar general bilan ko‘p vaqt o‘tkazdim – juda yaxshi odam”, deydi ismi bekitilgan shaxs.
Hozirda Qozog‘istonda, mazkur iish yuzasidan tergov jarayoni boshlatilgan. Mamlakat Bosh prokurori Berik Asilov amerikalik moliyachi Jeffrey Epshteyn ishida Qozog‘iston fuqarolarining aloqalari bo‘yicha tekshiruv haqida izoh bergan.
“Aslida bu muhim masala. Butun dunyo buni muhokama qilmoqda. Shuning uchun ham Bosh prokuratura va boshqa tegishli idoralar bu faktlarni tekshirmoqda: aloqalar mavjud bo‘lgan yoki yo‘qligini,” degan Bosh prokuror Asilov.
Bosh prokurordan hozirda Epshteyn bilan kimning aloqasi borligi tekshirilayotgani haqida so‘ralgan.
“Tekshiramiz, u yerda kim borligi va kim yo‘qligi yozilgan”, degan Asilov.
Bundan tashqari, Bosh prokuror Epshteyn Qozog‘istonga kelgan yoki kelmagani ham tekshiruv ostiga olinganini ma’lum qilgan.
“Boshladik. Karim Masimov haqida dastlabki tekshiruvni boshladik. Epshteyn bu yerga kelganmi — shu jihat ham tekshirilmoqda. Qayrat Kelimbetovning o‘zi ham borganmi yoki yo‘q – bu esa qo‘shimcha tekshiruvda aniqlanadi”, degan Asilov
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Epshteyn fayllarida samarqandlik qiz ismi ham uchragandi. Jeffri Epshteyn yozishmalarida proukraina faoli G.O. tilga olingan. Chop etilgan hujjatlarga ko‘ra, u moliyachi bilan yaqin (intim) munosabatlarda bo‘lgan va undan moddiy yordam olgan. Shuningdek, Epshteyn uni ayrim do‘stlari bilan tanishtirgani, ular ham unga moddiy yordam ko‘rsatgani qayd etilgan.