Enso Fernandes “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin – Romano

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes “Manchester Siti”ga o‘tishga bir qadam yaqinlashdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Romano ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” jamoasi argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi masala klublar o‘rtasidagi muzokaralarga bog‘liq.

Ayni paytda “Manchester Siti” hali “Chelsi”ga rasmiy taklif yubormagan. Biroq yaqin orada ikki klub o‘rtasida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etayotgan bir paytda Enso Fernandes “Chelsi”ning navbatdagi Premer-liga uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Chelsi” 25 yoshli yarim himoyachini 140 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “Manchester Siti” bu summani pasaytirishga harakat qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing