Enrikening PSJdagi kelajagi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Fransiyaning PSJ jamoasi bosh murabbiysi Luis Enrikening klubdagi  kelajagi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Parij klubi ispaniyalik bosh murabbiyga 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda “Football Espana” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Enrikening amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanishiga qaramay, uning Parij klubini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga hozircha asos yo‘q. Aksincha, tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvning so‘nggi bosqichiga yaqinlashgan.

Ta’kidlanishicha, murabbiy Parijda o‘zini qulay his qilmoqda va kelajagi bo‘yicha qarorni yozda, yangi mavsum boshlanishidan oldin qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu unga kelasi mavsumga xotirjam tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Shuningdek, parijliklar rahbariyatining Enrikega 2030 yilgacha shartnoma taklif qilishi bejiz emas. Chunki klub sport direktori Luis Kamposning amaldagi shartnomasi ham aynan shu yilda yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Luis Enrike Parij klubi bilan shartnomasini yangilashni rejalashtirmayotgani va murabbiy shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng Luis Enrike “Real Madrid” bosh murabbiyligi bo‘yicha muzokaralar uchun ochiqligi va agar klub tomonidan aniq taklif tushsa, Madrid jamoasini boshqarishga tayyorligi haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij PSJ Luis Enrike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing