Enrikening keyingi manzili aniq bo‘ldi
Sport
−
17 iyun 2023
5049Ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike PSJning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda “PSG Community” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 53 yoshli ispaniyalik mutaxassis yaqin soatlarda Parijga yo‘l oladi.
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi birinchi marta Fransiya klubiga murabbiy etib tayinlanishi bilan bog‘liq dastlabki xabarlar shu yilning 4 iyun kuni tarqaldi.
Qayd etilishicha, Zinedin Zidan va Yulian Nagelsmann PSJda ishlashdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, PSJning sobiq yarim himoyachisi Tiago Motta ham klubning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. Shu vaqtga qadar Motta PSJ, shuningdek, “Jenoa”, “Spetsiya” va “Bolonya” klublarida yoshlar jamoasi murabbiyi bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi