Enrike PSJ murabbiyiga aylanadi
Sport
−
19 iyun 2023 5420 1 daqiqa
Luis Enrike PSJning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 53 yoshli ispaniyalik mutaxassis parijliklar bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Enrike faoliyati davomida “Barselona”, “Roma”, Ispaniya terma jamoasi va “Selta” klublarini boshqargan. U “ko‘k-anorranglilar” safida Ispaniya chempioni va Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan.
PSJ o‘tgan mavsumda Kristof Galte boshchiligida Fransiya superkubogi va Liga 1 da g‘olib chiqdi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr