Yong‘inda 83 yoshli ayol yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 20 fevral kuni Buxoro shahrining Cho‘pboz ko‘chasi, 36-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uyda yolg‘iz bo‘lgan 1936 yilda tug‘ilgan uy bekasi fuqaro N.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in oqibatida uyning 45 kv metr maydonda shifti va qisman uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 110 kv metr maydoni saqlab qolingan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘inga elektr jihozlariga ulangan uzaytirgichning (udlenitel) simidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. 

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Buxoro

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing