Eng yengil vazn toifasida UFC chempioni o‘zgardi
Sport
−
09 iyul 2023
4492Bugun, 9 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC promoushenining navbatdagi raqamlangan turniri bo‘lib o‘tdi. UFC 290 ning co-main event jangida eng yengil vazn toifasida amaldagi chempion meksikalik Brendon Moreno braziliyalik da’vogar Aleksandr Pantojaga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
5 daqiqadan 5 raundga mo‘ljallangan chempiolik jangi to‘liq davom etdi. Murosasiz kechgan bahs g‘olibi hakamlarning ayri qarori bilan aniqlandi. Bunda ikki nafar hakam braziliyalikning, yana biri meksikalik jangchining g‘alabasini ta’minladi. Bu orqali Pantoja UFC'ning eng yengil vazn toifasidagi yangi chempioniga aylandi.
Ma’lumot uchun, Moreno va Pantojaning o‘zaro uchrashuvlaridagi hisob mazkur jangdagi natijani inobatga olganda, 3:0 ko‘rinishiga keldi. Brendona Moreno bugun faoliyatidagi 31-jangini o‘tkazdi. Uning hisobida 21 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat bor. Ikkita jang durang natija bilan yakunlangan. So‘nggi uchta jangida zafar quchgan Pantoja esa professional faoliyati davomida 28 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.