Eng uzun sochli yigit Ginnesga kirdi

Bu qiziq

image

Hindistonlik Sidakdip Chaxal dunyodagi eng uzun sochli yigit sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

Ushbu rekord muallifi 15 yoshli Sidakdip Chaxal ismli yigit. Uning sochi 120 santimetr uzunlikka ega. Rekordchining so‘zlariga ko‘ra, u sochlarini Xudoning sovg‘asi deb hisoblaydi va biron marta kesmagan. Shuningdek, unga sochlarini yuvish uchun o‘rtacha ikki soat vaqt kerak bo‘ladi.

“Agar onamning yordami bo‘lmaganida, men bunga butun kunimni sarflagan bo‘lardim”, degan hindistonlik yigit.

Kundalik hayotda Chaxal sochlarini o‘rab oladi va an’anaviy salla ostiga yashirib yuradi. Yigitning rekordchi bo‘lganini bilib, hatto uning ba’zi yaqinlari ham hayratda qolgan. 

Sidakdip avvalroq sochini qisqartirish haqida o‘ylagan, ammo hozir bu fikridan butunlay voz kechgan.

"Men butun umrim davomida sochimni kesmaslikni rejalashtiryapman", degan u.

Eslatib o‘tamiz, dunyo ayollari ichida eng uzun soqolga ega bo‘lgan amerikalik Erin Xonikatt Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston rekord Ginnes soch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing