Eng ko‘p daraxt kesilayotgan viloyatlar ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
Prezident o‘rnatgan moratoriy unutildimi? Olti oyda qancha daraxt kesib tashlangani ochiqlandi north_east

Prezident o‘rnatgan moratoriy unutildimi? Olti oyda qancha daraxt kesib tashlangani ochiqlandi

Joriy yilning 6 oyida 2 407 ta qimmatbaho navli daraxt, 2 109 ta kam qimmatli daraxt, 1744 m3 butalar noqonuniy kesilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga doir axboroti davomida aytib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha, moratoriy davrida 5 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 166 ming tup atrofida qimmatbaho navli davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘rab qilgan murojaatlar rad etilib, daraxtlarning barchasi saqlab qolingan.

Biroq daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq tizimli muammolar saqlanib qolgan.

Qayd etilishicha, hukumatning 2018 yil 31 martdagi 255-sonli qarori bilan hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga oid o‘z xulosalarini tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuborishi va o‘z navbatida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ruxsatnoma berish amaliyoti joriy etilgan.

Aynan ushbu amaliyot o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning noqonuniy kesilishiga ruxsat berishga shart-sharoit yaratib bermoqda.

2021 yilning 6 oyi davomida respublikada daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2 597 ta huquqbuzarlik sodir etilgan va o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Achinarlisi, aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 2 407 ta qimmatbaho navli daraxt, 2 109 ta kam qimmatli daraxt, 1744 m kub butalar noqonuniy kesilgan.

Misol uchun 2021 yilning boshidan daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi va shikastlantirilishi bilan bog‘liq holatlar hududlar kesimida tahlil etilganda eng ko‘p Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 065 ta, Samarqand – 609 ta, Qashqadaryo – 534 ta, Navoiy – 349 ta, Toshkent viloyatlari – 344 ta hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing