Eng ko‘p chaqaloq qaysi viloyatda tug‘ilayotgani aytildi
Jamiyat
−
16:50 3931 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda demografik o‘sish yuqori sur’atlarda davom etdi. Xususan, Samarqand viloyati tug‘ulish soni eng yuqori viloyat bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Samarqand viloyati eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud sifatida birinchi o‘rinni egallagan. Viloyatda to‘qqiz oy ichida 80 903 ta chaqaloq tug‘ilgan. Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati bo‘lib, u yerda 75 116 ta, uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona viloyati 74 614 ta tug‘ilish ko‘rsatkichi qayd etilgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 61 128 ta, Andijon viloyatida 60 131 ta, Namangan viloyatida esa 57 881 ta chaqaloq dunyoga kelgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 49 007 ta, Toshkent shahrida esa 47 703 ta tug‘ilish qayd etilgan. Nisbatan pastroq ko‘rsatkichlar Xorazm viloyatida – 33 011 ta va Buxoro viloyatida esa 32 624 ta hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qolgan hududlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 29 523 ta, Jizzax viloyatida – 28 484 ta, Navoiy viloyatida – 18 594 ta va Sirdaryo viloyatida – 15 879 ta tug‘ilish qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi 100 yoshdan oshgan pensionerlar soni ochiqlangandi. 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 100 yosh va undan katta bo‘lgan 461 nafar fuqaro bor.
Live
Barchasi