Eng ko‘p avtomobillar reytingi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
05 Oktabr 2019
10113"Avtostat" tahliliy agentligi mutaxassislari Rossiyada eng keng tarqalgan avtomobil markalarini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Mutaxassislar 2019 yil 1 iyul holatida ro‘yxatdan o‘tgan yengil avtomobillar parkining ma’lumotlarini qayta ishlandi.
Ro‘yxat yetakchiligi Lada 2107 sedaniga nasib etdi. Rossiyada shu yilning o‘rtalariga kelib 1,7 million dona 2107 bor edi.
Ikkinchi o‘rin Lada 2106 — bir yarim million avtomobil xuddi shu markada.
Kuchli uchlikni Lada 4x4 (1,2 million) yopib beradi.
Ta’kidlanishicha, faqatgina ushbu uchta modelda milliondan ortiq avtomobil bor. Kuchli o‘nlikning boshqa a’zolari bu ko‘rsatkichga erisha olishmadi. Unga Lada 2109, Lada 2110, Kia Rio, Lada 2114, Hyundai Solaris, Ford Focus va Lada 2105 kiradi.
Ko‘rsatilgan davrda Rossiyada 44 millionga yaqin avtomobil ro‘yxatga olingan.
LiveBarchasi