Eng xavfli pedofil ayol qamoqdan ozod qilinadi

Olam

image

Buyuk Britaniyada pedofil Vanessa Jorj sentyabr oyi oxiriga qadar ozod qilinadi, deb xabar beradi Daily Mail gazetasi.

2009 yilda u voyaga yetmaganlar va go‘daklarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha 13 ta ish bo‘yicha aybdor deb topilgan. Ayol bolalarga nisbatan zo‘ravonlik jarayoni haqida film suratga olgan va uni tarqatgan. Vanessa qurbonlarini o‘zi ishlaydigan joydan topgan.

Ikki qizi ayol qamoqda bo‘lganida uni tashlab ketgan, eri ham u bilan ajrashgan. 

Rasmiylarga ko‘ra, 49 yoshli mahkum endi boshqalarga xavf tug‘dirmaydi. Ammo unga jabrlanganlarga yaqinlashish va Buyuk Britaniyaning ba’zi shaharlariga sayohat qilish taqiqlangan.

Jorjning harakatlaridan ta’sirlangan bolalarning ota-onalari uning harakatlaridan xabardor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

pedofil ayol

Baholaganlar

466

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing