Eng qimmat tarkibga ega futbol klublari reytingi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublar reytingi ma’lum bo‘ldi

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES football observatory) hozirgi tarkibni shakllantirish uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan jamoalar reytingini e’lon qildi.

Birinchi o‘rindan futbolchilar uchun 1,08 milliard yevro mablag‘ sarflagan “Manchester Siti” o‘rin oldi. Ikkinchi pog‘onada “Manchester Yunayted” qayd etilgan (1,023 milliard yevro). Bu natija evaziga “Siti” bilan o‘rtadagi farq 192 million yevrodan 57 million evroga qadar qisqardi. Uchinchi o‘rin PSJga nasib etdi – 939 million yevro.

  • 1. “Manchester Siti” (1,08 milliard yevro, bonuslarni hisobga olmaganda –1,017 mlrd. yevro);
  • 2. “Manchester Yunayted” (1,023 milliard yevro, bonuslarni hisobga olmaganda – 866 mln. yevro);
  • 3. PSJ (939 million yevro, bonuslardan tashqari – 845 mln. yevro);
  • 4. “Real Madrid” (787 million yevro, bonuslarni hisobga olmaganda – 715 mln. yevro);
  • 5. “Chelsi” (780 million yevro, bonuslarni hisobga olmaganda – 736 mln. yevro);
  • 6. “Liverpul” (672 million yevro, bonuslarni hisobga olmaganda – 586 mln. yevro);
  • 7. “Yuventus" (657 million yevro, bonuslardan tashqari – 573 mln. yevro);
  • 8. “Arsenal" (630 million yevro, bonuslardan tashqari – 579 mln. yevro);
  • 9. “Barselona" (578 million yevro, bonuslardan tashqari – 445 mln. yevro);
  • 10. “Tottenxem" (551 million yevro, bonuslarni hisobga olmaganda – 477 mln. yevro).

Ma’lumot uchun, 2021 yil ma’lumotlariga ko‘ra, eng qimmat futbol brendlari reytingida “Real Madrid”, “Barselona” va “Manchester Yunayted” jamoalari yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Manchester Yunayted PSJ Real Madrid CIES

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing