Eng qimmat tarkibga ega futbol klublari e’lon qilindi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi “Vest Xem” himoyachisi Deklan Rays bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng, eng qimmat tarkibga ega futbol klubiga aylandi. 

Joriy yilning 15 iyul kunida “kanonirlar” 24 yoshli futbolchini 116 million yevroga sotib oldi. Shundan so‘ng, klub futbolchilarining umumiy qiymati 1,21 milliard yevroga yetdi.

“Transfermarkt”ga ko‘ra, eng qimmat tarkibga ega klublar reytingining 2-qatorida “Manchester Siti” (1,19 milliard yevro) qayd etilgan. Bu borda 3-o‘rinni PSJ (1,03 milliard yevro), 4-pog‘onani “Real Madrid” (991 million yevro) egallagan. Salkam 895 million yevrolik tarkibga ega Germaniyaning “Bavariya” klubi kuchli beshlikni yakunlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rays “Arsenal” tarixidagi eng yirik transfer hisoblanadi. Bunga qadar klub xaridlaridagi rekord ko‘rsatkich 2019 yilda qayd etilgan. Angliya klubi o‘shanda “Lill”dan 83,8 million yevroga yarim himoyachi Nikolay Pepeni sotib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Real Madrid Vest Xem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made