Eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillar reytingi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
20 noyabr 2021
26677Amerikaning mashhur “Consumer Reports” jurnali ishonchli va ishonchsiz avtomobillarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Reyting “Consumer Reports” klubiga a’zo bo‘lgan avtomobil egalarining fikr-mulohazalari asosida tuzilgan.
Ular so‘nggi 12 oy ichida muayyan modellar bo‘yicha o‘zlarining tajribalari, duch kelgan muammolari va umumiy rozilik yoki noroziliklari haqida xabar bergan.
Joriy yilda birinchi o‘ntalikning to‘qqiz o‘rni Yaponiya va Koreya brendlari — Toyota, Lexus, Mazda, Honda, Subaru, Kia avtomobillariga nasib etgan.
Reytingning yuqori qismida Lexus GX yo‘ltanlamasi joy olgan. Birinchi o‘ntalikda yevropalik ishlab chiqaruvchilarning bitta ham modeli yo‘q va Amerikadan faqat bitta — Cadillac XT5 krossoveri o‘rin egallagan.
Reytingning eng quyi qismida Mercedes-Benz GLE krossoveri joy olgan. Shuningdek, reytingning oxirgi o‘nligida Ford Explorer, Ford Mustang, Chevrolet Corvette, Volvo XC 90, Volkswagen Tiguan, Tesla Model Y modellari joylashgan.
“Elektr yo‘ltanlamaslar barcha avtomobil segmentlari reytingining eng quyi pog‘onasida”, degan “Consumer Reports”da avtomashinalarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha direktor Jeyk Fisher.
LiveBarchasi