Energiya resurslariga narxlar yana oshiriladi – Qo‘chqorov

Jamiyat

image

O‘zbekiston gaz va elektr energiya narxi sohaga xorijlik investorlarni jalb qilish uchun oshirilayotgan ekan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi deb, xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri.

“Benzinning 4500 so‘m bo‘lishi 52 sent mikdorida bo‘ladi. Birlashgan Arab Amirliklarida 62 sent, Saudiya Arabistonida 58 sent. To‘g‘ri ularda oylik maosh yukori. Oldin Saudiyada benzin juda arzon edi. Energiya narxini xalk uchun bozor narxida kildik. Bu investorlar kelishiga zamin hozirladi”, dedi Qo‘chqorov Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ va "O‘zbekenergo" AJ mutasaddilari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida.

Vazir Jamshid Qo‘chqorov o‘zbekistonliklarning daromadi haqida batafsil ma’lumotga ega shaxslardan hisoblanadi. Shularni boxabar vazirning investorlar kelishi uchun energiya resurslarining narxini birdaniga 18 foizga oshirilishini yoqlab chiqishini tushunish mushkul.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, energiya resurlar uchun narxlar yana oshiriladi.

“Elektr energiyasini bir kVt/soat uchun 480 so‘m qilmoqchi edik. Narxlarning yana qachon oshishi hozircha noma’lum, lekin albatta oshadi.

Narx-navoni oshirish masalasi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi yoki boshqa bir idoraning xohish-irodasi emas. Bu tabiiy jarayon. Agar biz bozor iqtisodiyotini qurmoqchi bo‘lsak, unda bozor iqtisodiyotida narxlar erkin bo‘lishi kerak”, dedi Jamshid Qo‘chqorov.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov narx energiya resurslari

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing