Energetika vazirligi vodiyliklardan uzr so‘radi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda vodiy viloyatlarining gaz quvurlarida bosimning me’yordan pasayishi natijasida ayrim hududlardagi xonadonlarning tabiiy gaz ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabining keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.   

“Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste’moli o‘rtasidagi me’yorni ta’minlash, xususan, energotizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.   

Shuningdek, elektr qurilmalarida yuklamaning ortishi natijasida ayrim hududlardagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida inson omilisiz o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda uzilish holatlari kuzatilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.   

Energetika vazirligi ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tomonidan tegishli choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan va yuqoridagi holatlar tufayli keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.   


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made