Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
24 aprel 2020 7605 1 daqiqa
Bugun, 24 fevral kuni Narmatov Behzot Rahmatullayevich O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 23 apreldagi 4693-sonli qarori bilan amalga oshirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilgari ushbu lavozimni egallab kelgan U. Israilov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgan.
Behzot Narmatov bunga qadar Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha "Andijonneft" AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025