Energetika vaziriga yangi matbuot kotib tayinlandi

Jamiyat

image

Hasan Javlonovich Toshxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni vazirlik sahifasida ma’lum qilindi.

Keltirilishicha, mazkur lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, Hasan Toshxo‘jayev mehnat faoliyati davomida “Qishloq hayoti” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasida, “Xalq so‘zi” – “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2019 – 2020 yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi, Iste’molchilarni himoya qilish agentligi Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar u Xalqaro press-klubning Monitoring va tahlil bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi Hasan Toshxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing