Energetika tizimida tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
27 may 2022
9076Abdumalik Abdusalimovich Nazirov “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Abdumalik Nazirov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abdumalik Nazirov 1984 yil Toshkent viloyati Pskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universitetida magistr darajasini olgan. 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i va 2021 yildan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatida ham rahbar o‘zgargan. Kompaniyaga Bekzod Alisherovich Bo‘ronboyev bosh direktor etib tayinlandi.
U bunga qadar “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish bo‘yicha direktor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.