Endilikda O‘zbekistonda ellik o‘ringa mo‘ljallangan bog‘chalar ham quriladi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunda bolalarni bir yoshdan bog‘chaga berishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qonunda belgilanishicha, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini:

•  Shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda;
•  Turar joy majmualari qurilganda;
•  Tyegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.

Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi.

Shuningdek ma’lumotlarga ko‘ra, agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan yerda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar soni yigirma nafardan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. 

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi turli jihatlarini hisobga olgan holda tashkilot muassisi tomonidan belgilanadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha ellik o'rin

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing