Endilikda shaharsozlik normalari har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

Jamiyat

−

image

Eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirishning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi. Bu masala Vazirlar Mahkamasining 6 oktyabr kuni qabul qilingan “Qurilish cohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mustahkamlab qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar belgilab qo‘yildi:

•    “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi; 

•    qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi; 

•    qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi; 

•    shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi;

•    qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

•    shaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning tegishli qismlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing