Endilikda ma’muriy huquqbuzarliklar ham jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rib chiqiladi

Jamiyat

image
“Panelnыy”dagi 15 sutkaliklar kameralari qay ahvolda? Jurnalist tashrifi north_east

“Panelnыy”dagi 15 sutkaliklar kameralari qay ahvolda? Jurnalist tashrifi

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi. Bu haqda “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Prezident farmonida qayd etilgan.

Farmonda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida ham bir qancha yangiliklar nazarda tutilgan.
 
Jumladan, 2020 yil 1 maydan boshlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirgan ishlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordan tashqari) murojaati mavjud bo‘lgandagina suddan talab qilib olish tartibi amaliyotga joriy etiladi;

•  2020 yil 1 noyabrga qadar odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinadi;

•  2020 yil 1 iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turlari dekriminalizatsiya qilinadi, shuningdek, bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, tovar uchun to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘lagan va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi joriy etiladi;

•  2020 yil 1 dekabrdan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi;

•  2020 yil 1 dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni ma'muriy huquqbuzarlik

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing