Endilikda keksalar jamoat transportlaridan bepul foydalanishi mumkin
Jamiyat
−
16 avgust
8887O‘zbekistonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Bu haqda Senatning 55-yalpi majlisida ma’qullangan “Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda so‘z boradi.
Qonunga ko‘ra, endilikda 80 yoshga to‘lgan, tashqi parvarishga muhtoj bo‘lgan qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish vaqtini hisobga olgan holda tibbiy muassasaning xulosasi talab qilinmaydi. Bundan tashqari, qonunda fuqaroning yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holatga kelgan identifikatsiya ID-karta yoki biometrik pasportini almashtirishda yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashayotgan qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat boji to‘lovidan ozod etilishi belgilangan.
Xususan, soliq tizimida ham yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga homiylik qilishga qaratilgan mablag‘lar kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Senat tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullangandi.
Maftuna Madaminova
LiveBarchasi