Endi YPX xodimlari rasman narkotesterdan foydalanadi (video)

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda yo‘l patrul xizmati xodimlari haydovchining giyohvandlik va psixotrop moddalar ta’sirida ekanligini aniqlashda rasmiy ravishda narkotesterdan foydalanadi. Bu bo‘yicha joriy yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi.

Xususan, qaror nizomidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
  • narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi Oybek Rahmonov mazkur yangilikni izohlab berdi.

Ma’lumot uchun, ushbu qaror kecha, 28 mart kunidan kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX narkotester

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing