Endi yoqilg‘idan foydalanish qoidalari buzilsa moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi

Jamiyat

photo_2019-11-20_08-43-20

“Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun moliyaviy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlanadi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, iqtisod qilishni takomillashtirish va ulardan foydalanishda qoidabuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga muvofiq, “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun moliyaviy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlanadi.

Undirilgan moliyaviy sanksiyalar summasi to‘liq hajmda yoqilg‘i – energetika sohasini rivojlantirish fondiga soliqqa tortilmagan holda tushirilishi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

Moliyaviy sudlarga moliyaviy sankitsyalarni undirish bo‘yicha da’vo arizalari bilan murojaat etilganda, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi huzuridagi neft’ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda elektroenergetikada nazorat inspeksiyasi byudjet tashkilotlari sifatida davlat bojlarini to‘lashdan ozod etiladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

moliyaviy sanktsiya qaror loyihasi

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing